Lufthansa samolyoti havoda 10 daqiqa boshqaruvchisiz qoldi

Lufthansa kompaniyasining Airbus A321 samolyoti Frankfurtdan Sevilyaga parvoz payti o‘n daqiqaga yaqin boshqaruvchisiz qoldi, deb yozdi Bild.
Ispaniya aviatsiya hodisalarini tekshirish komissiyasi hisobotida aytilishicha, hodisa 2024-yil 17-fevral kuni 10 700 metr balandlikda sodir bo‘lgan.
Kapitan hojatxonaga borish uchun kabinani tark etgan paytda yolg‘iz qolgan ikkinchi uchuvchi to‘satdan hushidan ketgan. Samolyot boshqaruvi avtopilotga o‘tgan, ammo behush uchuvchining tana holati tufayli samolyot biroz yo‘nalishdan chetga chiqqan.
Kapitan kabinaga qaytib kirishga qiynalgan: eshik qulflanib qolgan, ikkinchi uchuvchi kirishni tasdiqlamagani uchun kirish kodi ishlamagan.
Sakkiz daqiqadan so‘ng ikkinchi uchuvchi o‘ziga kelib, eshikni qo‘lda ochgan. Kapitan darhol boshqaruvni o‘z qo‘liga olib, Madridda favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan.
Hisobotda aytilishicha, ikkinchi uchuvchi hushidan ketishiga avval tashxis qo‘yilmagan nevrologik kasallik sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter