Lukashenko koronavirusni «oyoqda o‘tkazib yuborgani»ni tan oldi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirusni simptomsiz ko‘rinishda o‘tkazganini tan oldi. Bu haqda «BelTA» nashri xabar berdi.
U mamlakat IIV harbiy qismiga tashrif buyurib, biroz o‘zgargan ovozi uchun uzr so‘ragan va koronavirusga chalinganini ma’lum qilgan.
Lukashenkoning aytishicha, 97 foiz belaruslar infeksiyani simptomsiz o‘tkazyapti va prezident ular safida ekanidan mamnun bo‘lgan.
Belarus koronavirus kirib kelsa-da, qat’iy karantin tartibini joriy etmagan kam sonli davlatlardan biri. Mamlakatda rasman 67 366 kishi virus yuqtirgan va 543 kishi vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, Lukashenko joriy yil 24-iyun kuni Moskvada kechiktirilgan G‘alaba paradida qatnashgan va qator davlat rahbarlari bilan uchrashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter