Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalliy Kengashlar faoliyati 2030 yilga qadar rivojlantiriladi

Mahalliy Kengashlar faoliyati 2030 yilga qadar rivojlantiriladi

Prezidentning joriy yil 23-iyundagi PF-98-son farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish» konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiyaga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • Mahalliy Kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish, budjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish;
  • aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etishni «mahalla yettiligi» – tuman (shahar) Kengashi –viloyat Kengashi – Senat» tamoyili asosida kuchaytirish;
  • Mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda keng jamoatchilikning keng ishtirokini ta’minlash;
  • Mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish;
  • Mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy-institutsional asoslarini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
  • Mahalliy Kengashlar faoliyatida o‘zaro va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • Mahalliy Kengashlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, «E-Kengash» elektron platformasini takomillashtirish.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring