Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab va universitetlarda besh kunlik o‘qish joriy etilishi mumkin

Maktab va universitetlarda besh kunlik o‘qish joriy etilishi mumkin

Foto: 110-maktab.uz

O‘zbekistonda oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida besh kunlik o‘qish joriy etilishi mumkin. Yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi tomonidan muhokamaga qo‘yilgan qarorda besh kunlik ta’limga o‘tish taklif etilgan.

Shu bilan birga yozgi ta’tilni qisqartirish hisobiga qishki ta’tilni uzaytirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi.

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oylik muddatda ichki turizmni rivojlantirish doirasida o‘quvchi va talabalar hamda ularning ota-onalari sayohatlarini samarali tashkil etish maqsadida barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida besh kunlik o‘qish tizimini joriy etish hamda turizm mavsumini uzaytirish maqsadida yozgi ta’til muddatini qisqartirish hisobidan qishgi ta’til davrini uzaytirish bo‘yicha taklif ishlab chiqsin va kiritsin», — deyiladi qarorda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring