Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarda yakuniy davlat attestatsiyasi qaysi fanlarda bo‘lishi ma’lum qilindi

Maktablarda yakuniy davlat attestatsiyasi qaysi fanlarda bo‘lishi ma’lum qilindi

Xalq ta’limi vazirligi yakuniy davlat attestatsiyasi qaysi fanlarda bo‘lishini ma’lum qildi.

Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 28-fevraldagi 70-sonli bo‘yrug‘iga asosan 2021-2022 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun: ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili, matematika, tarix, jismoniy tarbiya va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha;

11-sinf bitiruvchilari uchun: ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, tarix va va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishi belgilandi.

Umumta’lim maktablarida ta’lim beriladigan barcha tillarda yakuniy davlat attestatsiyalari o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha namunaviy nazorat materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanib, ta’lim markazining rasmiy saytida e’lon qilinadi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring