Mandjukich futbolchilik faoliyatini yakunladi

Jahonning vitse-chempioni Mario Mandjukich futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda u «Instagram»dagi sahifasida ma’lum qildi.
Hozirda 35 yoshni qarshilagan Mandjukich Xorvatiya milliy jamoasi hamda «Bavariya», «Atletiko» (Madrid), «Yuventus», «Milan» kabi dongdor jamoalarda to‘p surgan. Terma jamoasi bilan jahon chempionati kumush medalini qo‘lga kiritgan. Yevropa klublari bilan Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan, Germaniya va Italiya chempionatlari ko‘p karra chempioni sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter