Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank dollar sotib olishda cheklov o‘rnatilganini rad etdi

Markaziy bank dollar sotib olishda cheklov o‘rnatilganini rad etdi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki aholidan kelib tushayotgan savollarga javob bermoqda. Berilgan savollardan biri dollar sotib olishda cheklovlar paydo bo‘lgani haqida bo‘ldi.

– Dollar sotib olishda cheklov bormi? Aytishlaricha, odamlar bankka kelib dollar uchun navbatda turishmoqda. Aftidan, qo‘lida jamg‘armasi borlar so‘mning qadrsizlanishi, dollar kursi oshib ketishidan xavotirda. Ular orasida valyuta oldi-sotdisida cheklovlar bo‘lishidan hadiksirayotganlar ham bor.

– Bugungi kunda jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklaridan chet el valyutasini sotib olish yoki sotish bo‘yicha hech qanday cheklovlar yoki to‘siqlar o‘rnatilmagan. Shuningdek, kelgusida ham jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish bo‘yicha hech qanday cheklovlar o‘rnatilmaydi.

Milliy valyuta kursi valyuta bozorida shakllanadigan talab va taklifning joriy darajasi asosida o‘zgaradi. Kursning qadri oshishi yoki pasayishi iqtisodiyotda va tashqi sharoitlarda ro‘y beradigan fundamental omillar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Bugungi kunda milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha banklar tomonidan taklif etilayotgan foiz stavkalari o‘rtacha 20-21 foiz atrofida shakllangan. AQSh dollari kursining yil boshidan 5-6 foizga oshganligini inobatga olib hisoblaganda ham milliy valyutadagi depozitlarning iqtisodiy jihatdan afzalligini ko‘rish mumkin.

Shu nuqtai nazardan, inflyasiyaning kelgusida pasayib borishi sharoitida milliy valyutadagi depozitlar jozibadorligi va ular bo‘yicha ijobiy real foiz stavkalari saqlanib qoladi, – deyiladi Markaziy bank izohida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring