Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marsdagi izlarning siri ochildi

Marsdagi izlarning siri ochildi

Foto: NASA

Mars sayyorasida suyuq suv yo‘q — sun’iy intellekt shunday to‘xtamga keldi.

«Qizil sayyora» tepaliklaridagi sirli qora va oq chiziqlarni olimlar qariyb yarim asrdan buyon suv oqimidan qolgan izlar deb taxmin qilib kelishgan. Aslida bunga suvning aloqasi yo‘q. Mars sirtining 86 mingdan ortiq suratlarini tahlil qilgan sun’iy intellekt shunday xulosa chiqardi, deyiladi Nature Communications jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda.

1977-yildagi Viking (AQSh) missiyalarida Marsda g‘alati egatlar — kraterlarning yonbag‘irlari va devorlaridagi chiziqlar birinchi marta aniqlangan edi. Ular nima ekanligi, qanday paydo bo‘lgani haqida olimlar hamon bir to‘xtamga kelishgan emas. Eng ommalashgan nazariyaga ko‘ra, chiziqlar mavumiy tarzda — yer osti muzliklarining erishi natijasida hosil bo‘ladi. Yana bir nazariyada chiziqlar suv ishtirokisiz shakllanishi aytilgan.

Sun’iy intellekt yordamida olingan ma’lumotlar esa kuchli shamollar va changning yuqori tezlikda cho‘kishi singari omillar shunday chiziqlarni paydo qilganiga ishora bermoqda. Ya’ni «namlik» emas, balki «quruqlik» chiziqlarni yuzaga keltirgan. Ma’lum bo‘lishicha, yangi uchib kelgan chang qatlamlari yonbag‘irlar bo‘ylab pastga sirg‘alib tushganida ko‘pincha chiziqlar hosil bo‘ladi hamda to‘qroq yoki ochroq tusdagi yuzalar shakllanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring