Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kilian Mbappe ko‘pchilik kutmagan qarorni e’lon qildi

Kilian Mbappe ko‘pchilik kutmagan qarorni e’lon qildi

Foto: PSJ klubi sayti.

PSJ futbolchisi Kilian Mbappe klub bilan 2025-yilgacha shartnoma imzoladi.

Parij klubi hujumchi bilan 2025-yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolaganini malum qildi. Mbappening parijliklar bilan shartnomasi shu yilning 30-iyuniga qadar amalda edi.

Futbolchining onasi avvalroq: «Real Madrid» va PSJ bilan kelishuvlarimiz bor, takliflar teng. Kilian tanlashi kerak», deya ma’lum qilgan. 

Futbolchinining ushbu qarori keng muhokama qilinmoqda. Ayrim foydalanuvchilar Kilian yuqori maosh sabab «Real»ga o‘tishga harakat qilgani haqida yozmoqda. 

Mbappe parijliklar safida 2018-yildan beri o‘ynaydi. U «Monako»dan 180 million yevroga xarid qilingan. 

Avvalroq, Mbappe Madrid klubiga ko‘chib o‘tishga ikkilanayotgani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring