Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mbappe va Benzema: Fransiyada zo‘rlar aniqlandi

Mbappe va Benzema: Fransiyada zo‘rlar aniqlandi

Fransiya futbolchilar milliy ittifoqi 1-liganing mavsumdagi eng yaxshilarini e’lon qilgan. Mavsumning eng yaxshi futbolchisi «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe bo‘lgan.

Uning jamoadoshi darvozabon Janluiji Donnarumma eng yaxshi golkiper, «Renn» jamoasi bosh murabbiyi esa eng yaxshi murabbiy bo‘lgan. Ta’kidlash kerak, bu jamoa hozir 5-o‘rinda esa-da, YeChL yo‘llanmasini olish uchun imkoniyatga ega.

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Karim Benzema xorijda o‘ynaydigan eng yaxshi fransuz futbolchisi sovriniga ega chiqqan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring