«Men tinchlanyapman va ishlayapman» — abituriyentlar uchun eng kerakli tavsiyalar
Ma’lumki, hozirgi kunda barcha abiturentlarimiz uchun sinovli davr desak adashmagan bo‘lamiz. Chunki ularni oldida kelajakdagi yo‘lni tanlashdek oliy maqsad ko‘ndalang turibdi. Shu nuqtai nazardan, abiturentlarimiz oldilarida turgan mashaqqatli sinovlarni muvaffaqiyatli yengib o‘tishlari uchun bir qator psixologik tavsiyalarni berishga qaror qildik.
Qadimgi ertaklardan birida sehrgar o‘z talabasi devor orqali qanday o‘tish kerakligini tushuntiradi: “Siz quyidagi qoidaga amal qilishingiz kerak-men maqsadni ko‘raman, o‘zimga ishonaman, to‘siqlarni sezmayman”. O‘ylanmanki, bu universial qoidalar bo‘lib, siz undan har qanday vaziyatingizda foydalanishingiz mumkin. Ular:
- “Maqsadni anglash”: Yana bir bora tanlagan unversitetingiz Siz uchun qanday imkoniyatlar berishini nafaqat oqilona, aql bilan balki o‘zingiz tasavvur qilib ko‘rishingiz lozim. Kelajakda talabalik hayotingizdagi suratlarni taqdim qiling. Shuningdek, nufuzli oliy ta’lim muassasida o‘qish imkoniyati, yangi do‘stlar orttirish va ular bilan do‘stona munosabatni yo‘lga qo‘yish va boshqalar. Bunday holatlarda paydo bo‘ladigan ijobiy his –tuyg‘ular sizga kuchli energiyani berishi bilan birga o‘qishga nisbatan ijobiy motivatsiyani ortishiga sabab bo‘ladi.
- “Men o‘zimga ishonaman”: Imtihon jarayonida savollarga og‘zaki javob berish, yozma ishlarni yozish, test topshiriqlarni topshirishda muvaffaqiyatli tajribaga ega bo‘lishingiz mumkin. Ushbu tajribaga tayanilgan holda muvaffaqiyatlarni muvaffaqiyatsizliklar bilan yodda saqlashga harakat qiling. Shu tartibda siz o‘zingizdagi ichki shaxsingizni muvaffaqiyat sari yo‘naltirasiz va u qabul qilingan paytda muvaffaqiyatsizlikdan qutilishiga yordam berasiz. Vaqti kelganida quyidagi iborani o‘zingizga belgilab qo‘ying: “Men katta hajmdagi ma’lumotlarni osongina yodlayman va kerakli ma’lumotlarni kerakli vaqtda, kerakli joyda osongina qayta esa tushira olaman”. Mazkur iborani chop eting va uni har doim ko‘zingizni oldida bo‘lishi uchun uni turli joylarga osib qo‘ying. Imtixonlarga tayyorlanish jarayonida ushbu iborani darslarni boshida va oxirida takrorlasangiz Siz o‘qigan material kompyuterning ish stolida papka qanday qilib saqlangan bo‘lsa, ma’lumotlar ham sizning boshingizga shu kabi to‘planishga e’tibor qarating. Kerakli vaqtida siz ushbu papkani “ochishingiz” va Siz uchun zarur ma’lumot mavjud bo‘ladi. Materialni takrorlash paytida o‘zingizni imtixonda javob berayotganingizni tasavvur qiling va bu Siz uchun juda yaxshi mashq bo‘ladi.
“Men to‘siqlarni sezmayman”: Ko‘pincha to‘siq qo‘rquv va xavotir bo‘lib, bu sizning bilimingizni namoyon qilishingizga xalaqit beradi. Odatda tinch, do‘stona muhitni ko‘rib, abiturentlar tinchlanadilar hamda odatdagi ish jarayonini boshlashadi. Ammo sizdagi qo‘rquv hali ham “o‘zgarmagan” bo‘lsa unda faoliyatingizni to‘xtating va chuqur chuqur nafas olishni boshlang. Shuning bilan birga “Men tinchlanyapman va ishlayapman” degan iborasini takrorlashga harakat qiling.
Sizni xavotirga solayotgan narsalarni tasavvur qilish orqali vaziyatni mashq qiling shunda tezda tinchlanishingizni ishonchli usuli borligiga amin bo‘lasiz.
BU JUDA MUHIM VA ZARUR!
Tayyorgarlik vaqtida kechqurun kamida 7,5 soat uxlash kerak (uyqu jarayonidagi buzilishlar ish faoliyatining unumdorligini keskin pasaytiradi). Imtixon arafasida tuni bilan biror narsani o‘rganishga urinishdan ko‘ra, yetarli darajada uxlash muhim ekanligi ko‘p bora isbotlangan.
Tayyorgarlik jarayonida tanaffus qilishga e’tiboringizni qarating (2 soat uzluksiz o‘qigandan so‘ng o‘qilgan ma’lumotlarning 80% esda olib qolinmasligi isbotlangan). An’anviy tarzda bir soat kitob o‘qigandan so‘ng 10-15 daqiqali tanaffuslar foydali ekanligini unutmang.
Asab tizimidagi ish qobiliyatini tiklashning eng optimal usuli bu faoliyat turlarini vaqti-vaqti bilan almashtirib turishdir (ba’zan jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanish masalan, bir soatlik yugurish va hokazo).
Asab tizimining oziqlantiruvchi mahsuotlar sizga yaxshi ma’lum. Masalan, yong‘oq va shokolod bir me’yorida, kechasi asal yoki kakao bilan sut (ularning barchasi muntazam ovqatlanish bilan birga boshqasini o‘rniga emas).
Sizda haddan tashqari hissiyot kuchli bo‘lsa imtihondan oldin kechqurun bitta valerian tabletkasini ichidan qo‘rqmang (agar imkoniyatingiz bo‘lsa ertalab). Xavotir olmang, shunda siz imtihonda uyqusirab va charchoq holatda bo‘lmasdan aksincha xotirjamroq bo‘lasiz hamda bunga ishonchingiz ham komil bo‘ladi.
Siz universitetga o‘qishga kiryapsiz, dissertatsiya himoya qilayotganingiz yo‘q. Shu bois, biror bir narsani bilmasangiz, bu normal holatdir. Bundan aslo vahimaga tushmasligingiz lozim.
N.I.Xalilova,
Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti,
psixologiya fanlari nomzodi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter