Merkel: Yevropa Ittifoqida yaratiladigan vaksina hamma uchun

Yevropa Ittifoqi ishlab chiqmoqchi bo‘layotgan koronavirusga qarshi vaksina butun dunyo aholisi uchun, dedi Germaniya kansleri Angela Merkel. Uning bayonoti hukumat saytiga joylangan.
Germaniya kansleri Angela Merkel va Yevropa Ittifoqining boshqa yetakchilari koronavirusga qarshi vaksina va dori ishlab chiqarish uchun 7,5 milliard yevro miqdorida mablag‘ to‘plashga chaqirdi. Bu haqda ular shanba kuni «Frankfurter Allgemeinen Zeitung» gazetasida chop etilgan maqolada e’lon qilishdi. 4-may, dushanba kuni Yevrokomissiya taklifiga ko‘ra donor-mamlakatlar koronavirusga qarshi kurash mavzusida konferensiya o‘tkazishadi. Merkel unda ishtirok etishi kutilmoqda.
Merkelning ta’kidlashicha, yaratilayotgan vaksina, dori-darmon va tashxislash usullari dunyodagi barcha odamlar uchun. «Buning uchun Germaniya javobgarlikni o‘ziga oladi».
Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, vaksina ishlab chiqishga taxminan 8 milliard yevro yetmayapti. Germaniya bu ishga yaxshigina moliyaviy hissasini qo‘shadi. Mazkur faoliyat bilan nafaqat davlat tashkilotlari, balki hususiy jamg‘armalar, vaksina va dori ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, CEPI va GAVI alyanslari ham shug‘ullanmoqda. Germaniya, shuningdek, bu masalada hal qiluvchi rol o‘ynaydigan JSST bilan faol hamkorlik qilish niyatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter