Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi 11-chempionlikni qo‘lga kiritdi

Messi 11-chempionlikni qo‘lga kiritdi

Foto: «Championat.com»

Fransiya chempionati (Liga 1) 34-turida «Lans» bilan durang (1:1) o‘ynagan «PSJ» muddatidan avval joriy mavsum chempioniga aylandi.

Parijliklarning yagona goli muallifi Lionel Messi faoliyatida davomida 11-marta chempion bo‘ldi. U ilk marotaba 17 yil avval «Barselona» safida chempionlikni qo‘lga kiritgandi (La Liga, 2004/2005). 

Argentina yulduzi «Kamp Nou»da jami 10 marta, jumladan, 2009–2011-yillarda Gvardiola qo‘l ostida qatorasiga uch marta chempion bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring