Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi va Argentina finalga chiqdi

Messi va Argentina finalga chiqdi

Amerika Kubogida ikkinchi finalchi ham aniqlandi. Yevro-2020 bilan paralel davom etayotgan Janubiy Amerika turnirida kutilgan jamoalar finalda o‘ynaydigan bo‘ldi.

Kuni kecha Braziliya dastlabki finalchi bo‘lgandi. Bugun Argentina bu ishni uddaladi. Kolumbiya bilan uchrashuvda o‘yinning asosiy vaqtida durang qayd etildi. Dastlab Messining pasidan keyin Lautaro Martines hisobni ochdi. Uning goliga ikkinchi taymda Luish Dias javob berdi.

Penaltilar seriyasida Argentina darvozaboni qahramonlik ko‘rsatdi va jamoasini finalga olib chiqdi.

Argentina — Kolumbiya 1:1

Gollar: Martines (7) — Dias (61).

Penaltilar seriyasi — 3:2.

Argentina – Martines, Talyafiko, Otamendi, Molina (Montiyel, 46), Petsselya, Lo Chelso (Paredes, 56), de Paul, Rodriges, Gonsales (Di Mariya, 67), Messi, Martines. 

Kolumbiya – Ospina, Mina, Munos, Sanches, Tesilo (Fabra, 46), Barrios, Kuelyar (Chara, 46), Kuadrado, Dias, Sapata (Borxa, 60), Borre (Kardona, 46).

Ogohlantirishlar: Lo Chelso (21), Kuadrado (45+4), Fabra (55), Borxa (63), Montiyel (72), Munos (75), Kardona (86), Rodriges (87), Barrios (88), Petsselya (90+1).

Penaltilar seriyasi: Kuadrado (0:1), Messi (1:1), Sanches (1:1, darvozabon), de Paul (1:1, noaniq), Mina (1:1, darvozabon), Paredes (2:1), Borxa (2:2), Martines (3:2), Kardona (3:2, darvozabon).

Shunday qilib, 11 iyul kungi finalda mezbon Braziliya va Argentina turnir g‘olibligi uchun o‘ynaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring