Metroda qolib ketgan 415 nafar yo‘lovchi olib chiqildi — FVV

Elektr energiyasi tarmoqlarida yuzaga kelgan uzulishlar sababli FVV hamkorlikda qator tadbirlar amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, «Toshkentmetropoliteni»ning «Mashinasozlar» (135 nafar), «Bodomzor-Minor» (70 nafar) va «Amir Temur» (210 nafar) bekatlari oralig‘ida (vagonlar ichida) qolib ketgan (jami 415 nafar) yo‘lovchilar olib chiqilgan.
Shuningdek, soat 12:10da Namangan viloyati Pop tumani 114-116 km. larda yuk poezdi to‘xtab qolganligi uchun 83 km. da yo‘lovchi poezd vaqtinchalik to‘xtatilgan. Yuk poezdini zahira yo‘lga olib qo‘yish uchun teplavoz va «Qamchiq» MQYoQBdan maxsus texnikalarda qutqaruvchilar jalb etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter