Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB fuqaroning «uyi tortib olinayotganini» inkor etdi

MIB fuqaroning «uyi tortib olinayotganini» inkor etdi

Foto: «Xabar.uz»

Majburiy Ijro byurosining (MIB) Toshkent shahar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarida  fuqaro Sh.Umarxo‘jayevning uyi karantinga qaramay tortib olinayotganiga oid  xabarlarga  oydinlik kiritdi.

Boshqarma matbuot xizmati rahbari Marg‘uba Amonovaning izoh berishicha, darhaqiqat, Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituvida «FASIL BAHOR BIZNES» MChJdan «Agrobank» ATIB foydasiga 86 million so‘m miqdorida qarz summasini undirish, undiruvni Sh.Umarxo‘jayevga tegishli Zangiota tumani, Bo‘z suv QFY hududagi xonadonga qaratish bo‘yicha ijro ishi mavjud. 

Ijro hujjati yuzasidan shu yilning 26-may kuni undiruvchi tomon murojaatiga asosan mulkni ko‘zdan kechirish uchun Toshkent viloyati yer tuzish va davlat kadastriga xat yuborilgan. Bor gap shu, xolos. Biroq bu hozirgi karantin sharoitiga qaramay ijro harakatlari amalga oshiriladi, degani emas. Byuro xodimlari bankdan olingan kredi ta’minoti tariqasida mulkini garovga qo‘ygan Umarxo‘jayev bilan hatto muloqotda bo‘lmagani ham shunga dalolat qiladi. Hozirgi karantin sharoitida ayrim turdagi ijro hujjatlari qatori xonadondan ko‘chirish (yoki kiritib qo‘yish) kabi ijro ishlariga vaqtincha moratoriy  qo‘llanilgan.

Shu o‘rinda takror bo‘lsayam aytish kerak, MIBda sud hujjati muhokama qilinmaydi. Shunday ekan, sud qaroridan norozi tomon belgilangan tartibda yuqori sud bosqichiga shikoyat qilishi, shu jarayonda  ijroni to‘xtatib turish masalasida (faqat sudga) ariza kiritishi mumkin. Sud qarorlarini ijrosini to‘xtatish kabi masalalar ham sudlar vakolatiga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring