Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Migrantlarga Sankt-Peterburgda kurerlik va taksichilik qilish taqiqlanadi

Migrantlarga Sankt-Peterburgda kurerlik va taksichilik qilish taqiqlanadi

Illyustrativ foto

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 2025-yilda xorijlik fuqarolarning kurerlik va taksichilik qilishi taqiqlanishi mumkin.

Shahar rasmiy saytida gubernator Aleksandr Beglovning shu mazmundagi qaror loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasi matnida taksi va kurerlik xizmatida ishlaydigan xorijlik fuqarolarni «2025-yilda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan jalb qilishga taqiq o‘rnatish» taklif qilingan. Taqiqlovni 1-iyuldan joriy etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, kurerlarga qo‘yiladigan talablar ancha oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring