Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milanda drama, «Inter» dastlabki finalchi

Milanda drama, «Inter» dastlabki finalchi

Yevropa Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvi doirasida kechgan «Inter» – «Barselona» bahsi o‘z yakuniga yetdi.

Uchrashuvning birinchi taymida mezbonlar dastlab Lautaro Martinesning goli evaziga oldinga chiqib olgan bo‘lsa, taym so‘ngida yana argentinalik hujumchi o‘z jamoasi foydasiga penalti ishlab berdi. 11 metrlik nuqtadan Chalxono‘g‘li adashmadi va taymni ishonchli g‘alaba bilan yakunlab qo‘ydi, 2:0.

Ikkinchi taymni tezkor boshlagan mexmonlar tezda muvozanatni o‘ngladi, Erik Garsiya va Olmo gollari evaziga hisob tenglashdi, 2:2. Uchrashuv so‘ngida Rafinya jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, 2:3. Biroq ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Acherbi bahsda yana durangni yuzaga keltirdi, 3:3.

Shu tariqa, jamoalar ekstra-taymlarga murojaat qildi va dastlabki 15 daqiqalikda zahiradan maydonga tushgan Fratezi milanliklarni yana hisobda oldinga olib chiqdi, 4:3.

Shundan so‘ng uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi va «Inter» Myunxenda o‘tadigan final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, milanliklar 2023-yilgi mavsumda ham YeChL finaliga chiqqandi va hal qiluvchi bahsda «Manchester Siti»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring