Millatlar ligasi finalchilari ma’lum bo‘ldi

Yevropa millatlar ligasining yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tda. Shiddatli kechgan bahslarda futbol muxlislari haqiqiy dramaga guvoh bo‘lishdi.
Dastlabki yarim final o‘yinida Italiya va Ispaniya kuch sinashdi. Ispanlar oldiniga 2 ta gol urishganiga qaramay, keyinroq Italiya iroda namoyish etib, intrigani o‘yin so‘nggiga qadar ushlab turishdi.
- Italiya - Ispaniya 1:2
- Gollar: Ferran Torres, 17 (0:1). Ferran Torres, 45+2 (0:2). Lorenso Pellegrini, 83 (1:2).
Ikkinchi o‘yinda esa Belgiya va Fransiya o‘rtasidagi haqiqiy drama kuzatildi deyish mumkin. Avvaliga belgiyaliklar hisobda oldinga chiqib olishgandi. Ammo fransuzlar kambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketishdi.
- Belgiya - Fransiya - 2:3
- Gollar: Yannik Karrasko, 37 (1:0). Romelu Lukaku, 40 (2:0). Karim Benzema, 62 (2:1). Kilian Mbappe, 69 - s penalti (2:2). Teo Ernandes, 90 (2:3).
10 oktyabr kuni Millatlar ligasining 3-o‘rin uchun bahsi va final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
10 oktyabr
3-o‘rin uchun
Italiya - Belgiya
Final
Ispaniya - Fransiya
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter