Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Millioner bolalar: 12 ta muvaffaqiyat tarixi

Millioner bolalar: 12 ta muvaffaqiyat tarixi

Maktabni tugatishga ulgurmasdanoq katta boylik orttirgan bolalar soni juda ko‘p. Quyida o‘z iste’dodi va mehnati bilan muvaffaqiyatga erishgan 12 nafar bola haqida hikoya qilamiz. 

  1. Kristian Ouens — Mac Bundle Box dasturlar to‘plami yaratuvchisi

Kristian ilk million dollarini 16 yoshiga yetmasdan topgan. U veb-dizaynni o‘rgangan va 14 yoshida o‘z kompaniyasini tashkil etgan. Mac OS X uchun Mac Bundle Box nomli dasturlar to‘plami unga millionlab daromad keltirdi. 

  1. Emil Motika — Motycka Enterprises kompaniyasi asoschisi

Emil 9 yoshidan gazon o‘rish xizmati bilan shug‘ullana boshlagan. 13 yoshida $8000 qarz olib, o‘t o‘ruvchi sotib olgan. 18 yoshida o‘z kompaniyasini ochgan va hozirda millionlab daromad olmoqda. 

  1. Evan — EvanTube kanali asoschisi

Evan 8 yoshida YouTube'da EvanTube nomli kanal ochgan. Tez muddatda kanal 1 milliondan ortiq obunachiga (hozirda 7 mln) va yiliga $1 milliondan ortiq daromadga ega bo‘ladi. U tengqur bolalar uchun qiziq bo‘lgan o‘yinchoqlar va mahsulotlarga sharh beradi. 

  1. Kemeron Jonson — Cheers and Tears asoschisi

Kemeron o‘z biznesini ota-onasi uchun to‘y taklifnomalari yasashdan boshlagan. 14 yoshida Cheers and Tears nomli kompaniya ochgan va keyin internet-dasturlar va reklama bilan shug‘ullana boshlagan. Uning oylik daromadi $400 minggacha yetgan. 

  1. Adam Hildret — Dubit va Crisp asoschisi

Adam 16 yoshida Britaniyada o‘smirlar o‘rtasida ommalashgan Dubit nomli ijtimoiy tarmoqni yaratgan. Keyin bolalarni internetdagi notanishlardan asraydigan Crisp nomli kompaniyani ochadi. U Britaniyaning eng boy o‘smirlari ro‘yxatiga kirgan. 

  1. Moziya Bridjes — Mo’s Bows asoschisi

9 yoshida bo‘yinbog‘ ishlab chiqaradigan kompaniyasini ochgan va yillik daromadi $150 minggacha yetgan. U Shark Tank realiti-shousida ham ishtirok etgan. So‘ng u o‘zining kiyim-kechak brendini yaratish ustida ishlagan. 

  1. Jeff, Deyv va Ketrin Kuk — My Yearbook ijtimoiy tarmog‘i asoschilari

Ular maktab o‘quvchilari uchun Facebook’ga o‘xshash ijtimoiy tarmoq — My Yearbook’ni yaratgan. 6 yil ichida sayt mashhur bo‘lib ketadi va Quepasa Corp’ga $100 millionga sotiladi. 

  1. Sandjay va Shavran Kumaran — GoDimensions asoschilari

12 va 14 yoshlarida ular o‘z o‘yin studiyasini ochgan. Ularning Catch Me Cop kabi o‘yinlari 35 mingdan ortiq yuklab olingan. Daromadni asosan reklama orqali topishgan. Ular turli konferensiya va tadbirlarga taklif etiladi. 

  1. Farhod Asidvalla — Rockstah Media asoschisi

20 nafar xodimi bo‘lgan Rockstah Media marketing agentligini 16 yoshida ochgan. TEDx dasturidagi chiqishlari, nutqlari orqali mashhur bo‘lgan.  

  1. Robert Ney — Bubble Ball o‘yini yaratuvchisi

14 yoshida Bubble Ball o‘yini chiqargach, ikki haftada $2 million ishlab topgan. O‘yin 16 million marta yuklab olingan. So‘ng Nay Games kompaniyasida yangi dasturlar ustida ishlagan. 

  1. Nik D’Aloysio — Summly ilovasi yaratuvchisi

Nik 2013 yilda Summly ilovasini Yahoo’ga $30 millionga sotgan. Time jurnali uni dunyoning eng obro‘li o‘smirlari qatoriga kiritgan. U milliarder Li Ka-shingdan sarmoya jalb qilgan eng yosh tadbirkor hisoblanadi. 

  1. Leanna Archer — Leanna’s Hair asoschisi

9 yoshida buvasining sirli retseptlari asosida soch gellari ishlab chiqara boshlagan. So‘ng u o‘zining to‘liq kosmetika mahsulotlari liniyasini yaratgan. O‘smirlik vaqtidayoq daromadi yiliga $100 mingdan, shaxsiy kapitali esa $3 milliondan oshib ketgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring