Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirzo Ulug‘bek tumaniga hokim tayinlandi

Mirzo Ulug‘bek tumaniga hokim tayinlandi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Shavkatbek Turdiyevich Irgashev bugun, 18-aprel kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Bunga qadar tuman ma’muriyatini boshqargan Sherzod Kudbiyev Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning avgustidan buyon Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Aktam Hayitov shu yilning 10 aprel kuni O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining raisi etib saylangan edi.

Ma’lumot uchun, Shavkatbek Irgashev (1964-yilda tug‘ilgan) — Toshkent avtomobil yo‘llari instituti (1981) va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (2000) bitiruvchisi.

Tayinlovga qadar 2017-yildan Uchtepa tumani hokimi, avvalroq Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi (2005−2013), ungacha esa Olmazor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari (2002−2005) bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring