Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mixael Shumaxerning afsonaviy mashinasi 18,17 mln dollarga sotildi

Mixael Shumaxerning afsonaviy mashinasi 18,17 mln dollarga sotildi

Foto: RM Sotheby’s

«Formula-1» bo‘yicha 2001-yilgi jahon chempionatida Mixael Shumaxer boshqargan Ferrari bolidi RM Sotheby’s kimoshdi savdosida sotildi.

So‘nggi xaridor mashina uchun afsonaviy mablag‘ — 18,17 mln dollar to‘ladi.

«Bu «Formula-1» auksionlarida sotilgan eng qimmat avtomobilga hamda «Formula-1»ning uchta Mercedesdan keyin to‘rtinchi eng qimmat bolidiga aylandi», — deyiladi xabarda.

Mixael Shumaxer 2001-yilda ushbu bolid bilan Monako va Vengriya gran-prilarida g‘alaba qozonib, jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring