Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Abdimuxtor Ergashev.
Moliya vaziri o‘rinbosari Ergashev Abdimuxtor Ergashevich boshqa ishga o‘tganligi munosabati lavozimidan ozod etildi. Hozircha uning qaysi lavozimga o‘tgani aniq emas. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.
Ergashev 1977-yil Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2000-yilda Termiz davlat universitetini, 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2009-yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Ergashev Moliya vazirligidan avval, 2018-yildan 2019-yilning sentyabrigacha qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter