Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mumtoz» to‘yxonasi qachon buzilishi ma’lum qilindi

«Mumtoz» to‘yxonasi qachon buzilishi ma’lum qilindi

«Mumtoz» to‘yxonasi Toshkentning nisbatan qimmat to‘yxonalari safiga kiradi.

Foto: «Muslim.uz»

Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G‘oyibnazarov Toshkentdagi buzilishi kutilayotgan ayrim yirik ob’yektlar haqida ma’lumot berdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, hokim xalq orasida muhokamalarga ko‘p bora sabab bo‘lgan «Mumtoz» to‘yxonasining taqdiriga ham to‘xtalib o‘tgan. Uning ma’lum qilishicha, «Mumtoz» to‘yxonasi buzilishi rejada bor. Ammo bu yaqin yillarda amalga oshmaydi, 3-4 yildan so‘ng to‘yxona joyi tekislanishi lozim.

Belgilangan dastur rejasiga ko‘ra, ayni paytda to‘yxona joylashgan manzildan ayni damda qurilish ishlari olib borilayotgan «Suzuk ota» maqbarasi ko‘rinib turishi lozim. 

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Shayxontohur tumani bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Qur’on musobaqasining tuman-shahar saralash bosqichi aynan «Mumtoz» to‘yxonasida o‘tkazilgan edi.

Shayxontohur tumani bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Qur’on musobaqasining tuman-shahar saralash bosqichi jarayonidan fotolavha 
Foto: O‘zA
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring