Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murodjon Ahmadaliyevdan ishonchli g‘alaba!

Murodjon Ahmadaliyevdan ishonchli g‘alaba!

Meksikaning Gvadalaxara shahrida bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangida ishtirok etdi.

U 10 raundga mo‘ljallangan jangda mezbon sportchi Luis Kastiloga qarshi ringga chiqdi. To‘qnashuv 8-raundda texnik nokaut bilan yakunlandi. Ahmadaliyevning kuchli va uzluksiz zarbalar seriyasidan keyin raqib himoyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmadi. Hakam jangni to‘xtatdi va g‘alaba Murodjon foydasiga baholandi.

Endilikda u sentyabr oyida jahon boksining taniqli vakillaridan biri, yaponiyalik mutlaq chempion Naoya Inouega qarshi jang olib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring