Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ICTEXPO-2018da ko‘rgazma maydoniga ega bo‘lish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin

ICTEXPO-2018da ko‘rgazma maydoniga ega bo‘lish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin

Avval xabar berganimizdek, 26 sentyabrdan 28 sentyabrga qadar ICTEXPO-2018 yillik ko‘rgazmasi Toshkent shahrida va 26-27 sentyabr kunlari ICTEXPO-2018 mintaqaviy ko‘rgazmasi Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadi.

ICTEXPO-2018 AKT ko‘rgazmasining asosiy maqsadi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi yutuqlarni namoyish etish, ekspertlar hamjamiyati maydonini kuchaytirish, hamda milliy bozor sub’yektlari afzalliklarini raqobatbardoshligini kuchaytirish.  Shuningdek, taklif va talabni qondirishga va qo‘shma tashabbuslarni kuchaytirish uchun IT-biznes va iste’molchilarning keng doira ichida bevosita aloqalar o‘rnatishdan iborat.

Bu yil Toshkent shahrida, an’anaga ko‘ra, Ko‘rgazma 26-28 sentyabr kunlari MKK "O‘zekspomarkaz"da bo‘lib o‘tadi, va birinchi ikki kun B2B formatida, uchinchi kuni esa B2C formatida o‘tkaziladi.

Jizzax shahridagi ICTEXPO-2018 mintaqaviy ko‘rgazmasi esa Istiqlol-12 ko‘chasi manzili bo‘yicha Olimpiya zaxiralari kollejida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, ICTEXPO-2018 Ko‘rgazmasi doirasida nafaqat xususiy va qo‘shma korxonalar, balki xorijiy kompaniyalarning ham mahsulotlari va texnologiyalarining namoyish etiladi. Toshkentdagi ko‘rgazmaning potensial va manfaatdor ishtirokchilari 10 kv.m.dan ziyod ko‘rgazma maydonini ushbu tadbirning saytida onlayn tarzda bronlashlari mumkinligi muhim va juda qulaydir, unda stendlar hamda ICTEXPO-2018 zahiralangan ishtirokchilari kiritilgan interfaol xaritaning sxemasi mavjud. Keyinchalik ko‘rgazmada ishtirok etish uchun ariza formasini yuklab olish, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari va ishtirok etish shartlari va tartibi bilan tanishib chiqish lozim.

Ko‘rgazmaga ICTEXPO-2018 mehmoni sifatida tashrif buyurish uchun rasmiy saytda ro‘yxatdan o‘tish va QR kodni olish kerak. Bu, o‘z navbatida, ro‘yxatdan o‘tkazish va pavilonlarga o‘tish uchun nomingizga beriladigan beyjikni olish vaqtida vaqtingizni tejash imkonini beradi, yoki har qanday tashrif buyurgan mehmon tadbir o‘tkaziladigan kuni ro‘yxatga olish joylaridan birida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

To‘liq ma’lumot uchun + 99895 146-63-44, +99895 144 04 40 yoki +99895 142 44 42 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki info@ictweek.uz manziliga yozishingiz mumkin. Jizzax shahridagi mintaqaviy ko‘rgazmada ishtirok etish masalalari bo‘yicha: +998 93 383 99 79.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring