Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan shahriga yangi prokuror tayinlandi

Namangan shahriga yangi prokuror tayinlandi

Foto: Namangan viloyati hokimiyati

Avvalroq Namangan shahri hokimligiga G‘ofir Jamalov tayinlangani haqida xabar bergandik.

Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlarga yangi prokuror ham tanishtirildi, deb yozadi Namangan viloyati hokimiyati rasmiy kanali.

Xurshid Odilov 1981-yili Andijon viloyatida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

2004–2018-yillarda Paxtaobod va Asaka tumanlari prokuraturasi, Andijon viloyat prokuraturasida faoliyat yuritgan, Ulug‘nor tumani prokurori bo‘lgan.

U 2018-yildan hozirga qadar Namangan viloyatining Chust tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring