NATOning Rossiyaga qarshi asosiy quroli

«F-35» qiruvchi samolyoti.
RAND strategik tahlil markazi o‘z hisobotida Yevropada urush alangalangan taqdirda Rossiyaga qarshi qo‘yish mumkin bo‘lgan «yagona samolyot» nomini keltirdi.
«Rossiya bilan intensiv nizo sharoitida NATOning imkoniyatlari 2020-yillarda beshinchi avlod «F-35» qiruvchi samolyotlari paydo bo‘lishi bilan yaxshilanadi», — deb yozgan mualliflar.
Tahlilchilarga ko‘ra, jangovor harakatga kirishgan «F-35» Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimini yorib o‘tib, nizoning dastlabki soatlarida salmoqli rol o‘ynay oladi. Ushbu qiruvchi samolyotlarni olish uchun shartnoma tuzgan alyans mamlakatlari kelgusida hamkorlikda harbiy amaliyotlar o‘tkazish uchun o‘z havo kuchlarini takomillashtirishi zarur, deyishmoqda RAND tahlilchilari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter