Navoiy viloyatida jayron ovchisi qo‘lga olindi

2019 yil 6 oktyabr kuni Uchquduq tumani cho‘l hududidan kelgan tezkor ma’lumotga asosan o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida Uchquduq tumanida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro R. Z. o‘ziga tegishli bo‘lgan IJ-17 rusumli 5910 raqamli 16 kalibrli ov quroli bilan bir dona Jayronni otib o‘ldirgani aniqlandi.
Huquqbuzarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi hamda hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter