Navoiyda havo ifloslanishi bilan bog‘liq holat kuzatildi – Ekoboshqarma

Joriy yil 19-iyul kuni soat 7:00 dan 9:00 ga qadar Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining tahliliy laboratoriyasi hamda «Navoiyazot» AJga qarashli Sanitar laboratoriyasi korxona atrofidagi atmosfera havosi tarkibini EKOLAB (Gazoanalizator) apparati yordamida tahlil qildi.
O‘rganish natijasida «Navoiyazot» AJ va BXO atrofidan tahlil ishlari olib borilganda atmosfera tarkibida ammiak 1,4 barobar hamda vodorod sulfidi 16,8 barobar me’yordan yuqoriligi aniqlandi.
Bundan tashqari, Navoiy viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi laboratoriyasi tomonidan olingan tahlillar natijasiga ko‘ra 1-kuzatuv posti (Zulfiya ko‘chasi)da uglerod ikki oksidi 1,04, ammiak 1,1 barobar, 2-kuzatuv posti (Me’morlar ko‘chasi)da esa ammiak 1,2 barobar yuqoriligi ma’lum bo‘ldi.
«Hozirda «Navoiyazot» korxonasi hududida tekshiruv o‘tkazish va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga aniqlik kiritish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.
O‘rganish ishlari yakunlariga ko‘ra qo‘shimcha axborot beriladi», – deyiladi Ekologiya vazirligi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter