«Neksiya-3» va «Spark» o‘zaro to‘qnashuvdan so‘ng yonib ketdi

10-mart kunidan 11-mart kuniga o‘tar kechasi, Toshkentning Sh.Rustaveli ko‘chasida «Neksiya-3» va «Spark» rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
To‘qnashuvdan so‘ng ikkala mashinada ham yong‘in kelib chiqqan.
Mazkur voqeada jabrlanganlar yo‘q, chunki haydovchilar o‘z vaqtida mashinadan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lishgan. Bir necha daqiqadan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan joyga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelgan va yong‘in bartaraf etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter