Nikaragua orqali AQShga «odam yuborish rejasi» barbod bo‘ldi
![Nikaragua orqali AQShga «odam yuborish rejasi» barbod bo‘ldi](http://static.xabar.uz/crop/8/7/720_460_95_879896677.jpg)
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.A fuqaro M.A.ni 14 000 AQSh dollari evaziga Samarqand-Istambul-Madrid-Nikaragua yo‘nalishi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilib, shundan 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter