Nima uchun flamingolar pushti rangda ekanligini bilasizmi?

«Flamingo» so‘zi ispanchadan olingan: «flamengo» — olovrang.
Flamingolarning olti turi mavjud bo‘lib, ular Yevropada Ispaniyaning janubida, Fransiya va Sardiniya janubida, Afrikada, Kavkazda, Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyoda, Janubiy va Markaziy Amerikada yashaydi.
Ushbu qushlarning tabiiy rangi kulrang. Patlarining g‘ayrioddiy rangi — keyinchalik paydo bo‘lgan xususiyatdir. Gap shundaki, yeydigan ovqati ularga shu rangni beradi.
Bu qushlar shu qadar sho‘r va ishqorli ko‘llar va botqoqlarda yashaydilarki, boshqa hayvonlar u yerda yashay olmaydilar.
Ular sayoz suvda topilgan qisqichbaqasimonlar, hasharotlar lichinkalari, qurtlar va suv o‘tlarini yeyishadi. Ph darajasi yuqori bo‘lgan suv omborlaridagi yemaklar boshqa qushlarga zarar yetkazishi mumkin, ammo flamingolarning jigari zararli moddalarni osongina parchalaydi. Shunday qilib, ular hech kim og‘ziga olmaydigan ovqatni iste’mol qilishlari mumkin.
Flamingolar «taomi» pomidor va sabzi kabi sabzavotlarga qizil rang beruvchi pigmentli karotinoidlarga juda boy. Va ular flamingo patlari, teri, shilliq pardalari, yog‘ va hatto tuxum sarig‘ini bo‘yashadi. Shuning uchun flamingolar bunday g‘ayrioddiy rangga ega bo‘lishadi.
Qushlar faqat pushti pigmentni o‘zlashtira oladi — masalan, ularni ko‘k rangli oziq-ovqat bilan baqqsangiz ham moviy bo‘lib qolmaydi. Rangi yorqinligi ularga juftlashish davrida turmush o‘rtog‘ini tanlashda yordam beradi. Da’vogar qanchalik pushti bo‘lsa, u ovchi sifatida shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi.
Ammo bu turning juda rangpar vakillari ham bor — masalan, And flamingosi yoki Jeyms flamingosi.
Ularning taomnomasi qizil flamingolarniki kabi karotinoidlarga boy emas va ularning rangiga unchalik ta’sir qilmaydi.
Xullas, ko‘rib turganingizdek, irsiyatning bunga hech qanday aloqasi yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter