Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek dunyo reytingida birinchi bo‘lib oldi

Nodirbek dunyo reytingida birinchi bo‘lib oldi

Nodirbek Abdusattorov dunyodagi yosh shaxmatchilar (Juniors) reytingida peshqadamga aylandi.

FIDE mart oyi uchun reytinglarni yangiladi va unga ko‘ra Nodirbek hindistonlik Gukesh Dommaradjuni ortda qoldirib, yoshlar o‘rtasidagi reytingni boshqarib bormoqda.

Yana bir shaxmatchimiz Javohir Sindarov reytingda beshinchi o‘rinda bormoqda.

Nodirbek shu kunlarda Chexiya poytaxti Praga shahrida bo‘lib o‘tayotgan  shaxmat bo‘yicha "Prague International Chess Festival" turnirida ham peshqadamlik qilmoqda.

Avvalroq uning kattalar o‘rtasida dunyo shaxmat reyting jadvalida top-10 likka chiqib olgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring