Novosibirsk aeroportida qolib ketgan fuqarolar olib kelindi

Kecha, 22 mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Tolmachevo ayeroportidan Novosibirsk - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovini bajardi. Havo kemasida 253 nafar yo‘lovchi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan.
Mazkur qatnov transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mahkamov Ilhom Rustamovich, boshqaruv raisining o‘rinbosari, tijorat va turizm bo‘yicha direktori vazifasini bajaruvchisi Xudoyqulov Shuxrat Shavkatovich hamda Tashqi ishlar vazirligi komissiyasi a’zolari ko‘magida va yordamida amalga oshirildi.
Yo‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nig‘matovich Aripov hamda aviakompaniyaning charter qatnovlari jadvalini ishlab chiqargan Maxsus respublika komissiyasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining keyingi charter qatnovlari haqidagi barcha ma’lumotlar uzairways.com saytida va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter