Yap-yangi «Malibu» yaroqsiz bo‘lib chiqdi

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida yashovchi fuqaro «Malibu-2 MALBDB2TL» rusumli avtomobilni 2020 yilning may oyida sotib olgan. Bir necha oy o‘tgach, avtomobil egasi yangi avtomobildan, aniqrog‘i kuzovdan bo‘yoq sizib chiqa boshlaganini payqab qoldi. Iste’molchi «Kokand Auto Trade» MChJ avtosaloniga bir necha oydan beri murojaat qiladi. Murojaat natijasiz bo‘lganidan so‘ng, iste’molchi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga murojaat qoldirishga qaror qildi.
QONUNGA ASOSAN…
Chakana savdo qoidalariga asosan kafolat muddati mobaynida avtomobillarni almashtirish, kuzov yoki kamida ikkita agregatni almashtirish zarur bo‘lgan taqdirda, ekspert komissiyasi qaroriga ko‘ra (ushbu Qoidalarning 130-bandiga muvofiq) amalga oshiriladi.
Xususan, xizmat ko‘rsatish markazi o‘tkazgan ekspertiza natijalariga ko‘ra, kuzovning 113 ta joyida bo‘yoqlarini nuqsonlari borligi qayd etilgan. Ekspertizadan so‘ng, iste’molchi bir necha oy davomida avtomobil bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun ishlab chiqaruvchiga ham, avtosalonga ham qayta-qayta murojaat qiladi. Bu masalani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining Toshkent shahar hududiy tuzilmasi hal etib, yakuniga yetkazdi. O‘tgan yilning 8 oktyabr kuni ro‘yxatga olingan murojaatga ko‘ra, tuzilma xodimlari tomonidan «UzAuto Motors» AJ va «UZAVTOTEXXIZMAT» MChJlarga so‘rov xatlar jo‘natildi va ishning barcha tafsilotlari birgalikda o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, bu masala iste’molchi foydasiga hal qilindi, ya’ni iste’molchi bilan «UZAVTOTEXXIZMAT» MChJ o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida «Malibu-2 MALBDB2TL» rusumli nuqsonli avtomobil xuddi shunday rusumdagi yangi avtomobilga aylashtirildi (2021 yil 6 dekabr holatiga – 265 mln so‘m.)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter