Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Trampning talabiga Putinning javobi ma’lum bo‘ldi

OAV: Trampning talabiga Putinning javobi ma’lum bo‘ldi

Foto: RIA Novosti.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb davlatlari Moskvaning tinchlik shartlarini qabul qilmaguncha Ukrainadagi harbiy harakatlarni davom ettirish niyatida. Bu haqda Reuters agentligi Kremlga yaqin uch manbaga tayanib yozmoqda.

Ularga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning ultimatumidan keyin Moskvaning pozitsiyasi o‘zgarmagan. U Ukrainada 50 kun ichida tinchlikka erishilmasa, Rossiya tovarlariga 100 foiz boj joriy etish bilan tahdid qilgan

Agentlik suhbatdoshlaridan birining aytishicha, Vladimir Putinning fikricha, hatto Donald Tramp va uning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan qayta-qayta aloqalarni hisobga olgan holda “hech kim u bilan Ukrainada tinchlik o‘rnatish tafsilotlarini jiddiy muhokama qilmagan”. Reuters manbalariga ko‘ra, e’lon qilingan tinchlik shartlaridan tashqari, Vladimir Putin “yirik davlatlar” ishtirokida Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilishga tayyor. 

 "Putin Tramp bilan munosabatlarini qadrlaydi va Uitkoff bilan yaxshi muzokaralar olib bordi, lekin Rossiya manfaatlari hamma narsadan ustun", - dedi agentlik manbalaridan biri. Yana ikkita manbaning aytishicha, Ukrainadagi harbiy amaliyot maqsadlari Rossiya hukumati uchun “G‘arb bosimidan ko‘ra mumkin bo‘lgan yo‘qotishlardan” muhimroqdir. 

Bir kun avval Donald Tramp so‘nggi oylarda yetakchilar o‘rtasida bir necha bor “yaxshi suhbatlar” o‘tkazilganiga qaramay, Ukraina bo‘yicha siljish yo‘qligi tufayli Vladimir Putindan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi.

AQSh prezidenti nafaqat Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bilan tahdid qildi, balki Ukrainaga qo‘shimcha qurol jo‘natish rejasini ham ma’lum qildi. Kreml bu bayonotlarni tahlil qilishga va’da berdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bunday ultimatumlarni qabul qilib bo‘lmas deb atadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring