Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odamlar ochlikdan o‘lmoqda — oziq-ovqat G‘azodan bir necha daqiqalik masofada turibdi...

Odamlar ochlikdan o‘lmoqda — oziq-ovqat G‘azodan bir necha daqiqalik masofada turibdi...

Isroil G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami kiritilishini to‘xtatgan 2 martdan buyon anklavda 57 bola vafot etdi. Raqam yanada kattalashadi, deyiladi JSST bayonotida.

G‘azo sektorida qariyb 500 ming kishi ochlikdan o‘ta aziyat chekmoqda. Vaziyat o‘zgarmas ekan, kelgusi 11 oyda besh yoshgacha bo‘lgan 71 ming nafar bola ochlik azobiga giriftor bo‘ladi.

«Darhol oziq-ovqat va asosiy mahsulotlar yetkazilishi yo‘lga qo‘yilmas ekan, vaziyat tanglashaveradi, ochlik va o‘limlar soni oshaveradi. Odamlar och, kasal, o‘lmoqda, oziq-ovqat va dori-darmon esa G‘azo sektoridan bir necha daqiqalik masofada ushlab turilibdi», — deya ta’kidladi JSST bosh direktori Adhanom Gebreyesus.

Isroil insonparvarlik yordami kiritilmayotganini AQShning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejasini HAMAS harakati qabul qilmagani bilan izohladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring