Oilaviy korxonalar soni bir yilda qariyb 2 mingtaga oshgan

2025-yilning 1-iyul holatiga respublikamizda 38 234 ta oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning soni yil boshidan buyon 1 969 taga oshgan.
Faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalarning sohalar kesimidagi soni quyidagicha:
- savdo sohasida – 15 264 ta
- sanoat sohasida – 8 703 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 7 303 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 649 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 646 ta
- tashish va saqlash sohasida – 354 ta
- qurilish sohasida – 299 ta
- axborot va aloqa sohasida – 245 ta
- boshqa sohalarda – 2 771 ta
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter