Oleg Basilashvili koronavirusga chalindi

Taniqli aktyor, SSSR xalq artisti Oleg Basilashvili koronavirusga chalindi. 86 yoshli aktyor Sankt-Peterburgdagi shifoxonaga yotqizilganini Katta dramatik teatr direktori Tatyana Arxipova ma’lum qildi.

«Uni ikkinchi yanvar kuni kuni koronavirus tashxisi bilan 40-shifoxonaga yotqizishdi, kecha rafiqasi ham kasalxonaga keltirildi», — dedi Arxipova.
Teatr direktori aktyor va rafiqasi jonlashtirish bo‘limida emas, balki odatiy palatada ekanini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter