Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘lim holati qayd etilmagan faqat bitta viloyat qoldi

O‘lim holati qayd etilmagan faqat bitta viloyat qoldi

Foto: SSV matbuot xizmati

Shu yilning 20-iyul kuni mamlakatimizda 562 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 63 nafari Karantin muassasalarida, 499 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Buxoro hamda Jizzax viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 184 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 17 314 nafar bemordan 9 463 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 55 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 7 760 nafar bemordan 79 nafari og‘ir, 29 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 62 361 nafar, statsionar karantinda esa 24 628 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

SSV bergan ma’lumotga ko‘ra, shu vaqtga qadar mamlakatda o‘lim holati qayd etilmagan faqat Andijon qolmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring