Olimlar aqliy qobiliyatni zaiflashtiradigan beshta kasbni aniqladilar
Norvegiya sog‘liqni saqlash instituti olimlari demensiya keltirib chiqaradigan beshta kasbni aniqladilar. Kasallikning nomi lotincha de («dan») va mens («aql», «idrok») degan ma’noni anglatib, so‘zma-so‘z «o‘z ongidan ajralish holati» sifatida tarjima qilinishi mumkin.
«Demensiya bilan kognitiv faollik pasayadi, bilim va ko‘nikmalarning bir qismi yo‘qoladi». Bemor unutuvchan bo‘ladi, yangi ma’lumotni eslay olmaydi va mantiqiy fikrlash qobiliyatini yo‘qotadi. Hatto yaqinlarini tanimaydi yoki chalkashtiradi.
Ularning fikricha, og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigan odamlar boshqalarga qaraganda demensiyadan ko‘proq aziyat chekishadi, deb techinsider.ru xabar bermoqda Science Direct tadqiqot nashriga tayanib.
2017–2019 yillarda Norvegiya aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 7000 ta respondentdan 902 nafarida demensiya, 2400 nafarida esa yengil kognitiv buzilishlar tashxisi qo‘yilgan. Ammo aqliy qobiliyatlar bilan bog‘liq muammolar og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadiganlar orasida 15,5% ko‘proq uchraydi.
Ushbu so‘rovlar asosida norvegiyalik olimlar eng xavfli kasblar ro‘yxatini tuzdilar, jumladan, kassadagi sotuvchilar, savdo maslahatchilari, tibbiyot xodimlari, fermerlar va chorvachilik mutaxassislari.
Olimlarning ta’kidlashicha, bunday ishchilar ko‘pincha o‘zlarining barcha kuchlarini kasbiy faoliyatlariga bag‘ishlaydilar. Binobarin, ularda dam olish va o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun yetarli vaqt bo‘lmaydi.
Shu bilan birga, tadqiqotchilar bo‘sh vaqtlarda jismoniy faollik aqliy qobiliyatni yaxshilashini ta’kidladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter