Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Oltin qalam» XVIII Milliy mukofoti: rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari g‘oliblari e’lon qilindi

 «Oltin qalam» XVIII Milliy mukofoti: rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari g‘oliblari e’lon qilindi

Bugun, 14-may kuni Toshkent shahridagi «Anjumanlar saroyi»da «Oltin qalam» XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

An’anaga ko‘ra, mukofotlarni topshirish uchun dastavval navbat xalqaro hamkorlarga berildi. Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi ta’sis etgan nominatsiyalar g‘oliblarini Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi janob Chi Junlin, elchixona attashesi janob Chen Sinyan e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Xitoyning «CGTN Russkiy» va Ozarbayjonning «CBC» telekanallarining O‘zbekistondagi maxsus muxbiri Barchinoy Jurayeva «Xitoy haqidagi eng yaxshi reportaj uchun» nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

«O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik yoritilgan eng yaxshi kontent uchun» nominatsiyasi g‘olibi  esa «O‘zbekiston» jurnali bosh muharriri Asadbek Bobojanov.

Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi ta’sis etgan nominatsiya g‘olibini Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar e’lon qildi.

Unga ko‘ra, «O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning yanada kengayishini ta’minlashga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun» nominatsiyasi g‘olibi – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi yetakchi muharriri Behruz Xudoyberdiyev.

Shuningdek, «Oltin qalam» Milliy mukofotining rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari g‘oliblari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra:

  • «Yoshlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi:

«Yoshlar ovozi» gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi (gazeta bosh muharriri Hamza Abdullayev)

  • «Ma’naviyatni yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘ulari targ‘ib etilgan eng yaxshi materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi:

Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi ikkinchi darajali muharriri Shohsanam Komilova.

  • «Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi:

«Yangi O‘zbekiston» gazetasi muxbiri Gulchehra Durdiyeva.

  • «Davlat tilini rivojlantirishga bag‘ishlangan eng yaxshi tahliliy materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi:

O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov.

  • «Milliy urf-odat va an’analarimiz aks etgan eng yaxshi materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi:

«Jizzax ovozi» gazetasi tahririyati jamoasi (gazeta bosh muharriri Said Donishev).

  • «Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi:

«Hurriyat» gazetasining Surxondaryo viloyati bo‘yicha muxbiri Safar Omonqulov.

  • «Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi:

«Ishonch» va «Ishonch-Doveriye» gazetalari muxbiri Oksana Kadisheva .

  • «Vatanimiz tarixiga bag‘ishlangan eng yaxshi ko‘rsatuvlar uchun» nominatsiyasi g‘olibi:

«O‘zbekiston tarixi» telekanali katta muharriri Dilbar Qosimova.

  • «Inson huquqlari va ijtimoiy hayotimiz bilan bog‘liq dolzarb mavzulardagi materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi:

«Demokratlashtirish va inson huquqlari» jurnali tahririyati ijodiy jamoasi (jurnal bosh muharriri Erkin Ernazarov).

  • «Eng yaxshi fotoreportaj uchun» nominatsiyasi g‘olibi:

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi media markazi bosh mutaxassisi Muhiddin Alimbayev.

  • «Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun» nominatsiyasi g‘olibi:

Mualliflar jamoasi  (Oybek Sultonov).

  • «Eng faol tele va radio boshlovchi» nominatsiyasi g‘olibi:

«O‘zbekiston» teleradiokanali katta muharriri Surayyo Mansurova.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring