Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oltin qalam»ning rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlash bo‘lib o‘tdi

«Oltin qalam»ning rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlash bo‘lib o‘tdi

Ayni paytda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Oltin qalam» XIX Milliy mukofotini topshirish marosimining rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari bo‘yicha bir guruh jurnalistlar taqdirlandi.

Unga ko‘ra:

  1. «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyotni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi materiallar uchun» – «Oila va tabiat» gazetasining Qoraqalpog‘iston va Xorazm bo‘yicha muxbiri Po‘lat Ermatov;
  2. «Davlat  tilini rivojlantirish, nufuzini yanada oshirishga bag‘ishlangan eng yaxshi tahliliy materiallar uchun» – «Yangi Sirdaryo» gazetasi Bosh muharriri Bahrom Boymurotov;
  3. «Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun» – «Guliston» Bosh muharriri Mamatqul Hazratqulov;
  4. «Ta’lim-tarbiya sohasidagi  islohotlar yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun» – «Hurriyat» gazetasi Dilmurod Qirg‘izboyev;
  5. «OAVda e’lon qilingan eng yaxshi milliy kontent (materiallar) uchun» – «Daryo.uz» nashrining Andijondagi muxbiri Umidjon Mamarasulov;
  6. «Dolzarb mavzudagi eng yaxshi tanqidiy-tahliliy materiallar uchun» –«Qalampir.uz» Bosh muharriri Qamariddin Shayxov;
  7. «Umummilliy hamjihatlikni targ‘ib qilish va mustahkamlashga qaratilgan eng yaxshi materiallar uchun» – «Ovozi tojik» gazetasi muxbiri Faridun Yo‘ldoshev;
  8. «Yoshlar hayotiga oid eng yaxshi materiallar uchun» – nafaqadagi erkin ijodkor Muqaddas Abdusamatova;
  9. «Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun» – «Siyosat» studiyasi siyosiy sharhlovchisi Inobat Normurodova;
  10. «Oila va mahalla hamkorligi bo‘yicha eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun» – «Zo‘r TV» «Bu kun» dasturi rahbari Muslimbek Abdurahimov;
  11. «Sport sohasi yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun» – «Toshkent haqiqati» Bosh muharriri o‘rinbosari Suhrob Sadirov;
  12. «Eng yaxshi fotoreportaj uchun» – Husniddin Ato.

Ma’lumot uchun, tanlovning rag‘batlantiruvchi 12 ta nominatsiyasi g‘oliblari diplom, «Oltin qalam» statuetkasi va BHMning 100 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring