Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik kriketchilar Pokistonga yo‘l oldi, nega?

O‘zbekistonlik kriketchilar Pokistonga yo‘l oldi, nega?

XVI asr boshlaridan to shu kunga qadar futbol singari kriket millionlab insonlarni o‘ziga oshno etgan. Kriket Janubiy- G‘arbiy Angliyada 18 asrda, jahon miqyosida 19 va 20 asrlarda keng tarqalgan. Ilk xalqaro kriket musobaqalari 1844 yilda, ilk chempionati «Test - Kriket» 1877 yilda bo‘lib o‘tgan. Aytilishicha, kriket ommaviyligi jihatdan futboldan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Xalqaro kriket kengashining ma’lumotiiga ko‘ra, ayni damda 4 milliarddan ko‘proq aholi kriket muxlisi hisoblanadi. Kriket 17-asrda Shimoliy Amerika, Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Afrika davlatlariga kirib borgan. Hozirda kriket ayniqsa, Janubiy Afrika, Hindiston, Pokiston, Shri-Lanka, Bangladesh, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Afg‘oniston, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi ko‘plab davlatlarda juda ham mashhurdir.

    Pokiston 1947 yilda mustaqillikni qo‘lga kiritishi bilanoq barcha davlat tuzilmalari qatorida sport rivojiga ham alohida e’tibor qaratila boshlandi. Bu jarayonning tezlashishida Buyuk Britaniyadan qolgan mustahkam infrastruktura muhim omil bo‘lganini tan olish kerak. Sportning kriket yo‘nalishiga professionallar ham, havaskorlar ham jiddiy qiziqqani bois milliy asslsiatsiya tashkil qilishning yuridik jarayonlari murakkab bo‘lmadi.

1949 yilning 1 may kuni Pokiston kriket Kengashi tashkil topdi. O‘sha kuni Kengashning birinchi majlisi  o‘tkazildi.

1952 yilning 28 iyul kuni Pokiston International Cricket Council to‘laqonli a’zosi bo‘ldi. Shu tariqa  oliy darajadagi xalqaro musobaqalarda (Test) ishtirk etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Pokistonni terma jamoasining  Test doirasidagi ilk  o‘yinlari  1952 yilning oktyabrida bo‘lib o‘tdi. 

Pokiston kriket kengashi nafaqat halqaro darajadagi  (Test, ODI va Twenty20), balki milliy chempionatlarni ham o‘tkazish uchun ma’sul. Milliy chempionatlar quyidaggicha o‘tkaziladi:

Quaid-e-Azam Trophy (mintaqaviy musobaqalprning birinchi bosqichi): 2-3 muddatli;

Pakistan Cup (mintaqaviy A bosqich): 1 oy muddatli;

National T20 Cup (mintaqaviy T20 musobaqasi): 1 oy muddatli;

Pakistan Super League (umummiliy T20 musobaqasi): 1 oy muddatli.

Shuni ta’kidlash kerakki 2019 yilda milliy chempionatlarga o‘zgartish kiritildi.

2016 yilda joriy qilingan Superliga Pokiston g‘ururiga aylandi.Avvaliga 5 ta da’vogoar o‘rtasida kurash o‘tkazilgan bo‘lsa, 2016 yildan boshlab ishtirkchilar soni oltitaga yetkazildi. Tahlilchilarning fikricha, bugungi kunda kriket bo‘yicha Pokiston terma jamoasi jahondagi eng kuchli jamoaloaprdan biri bo‘lib, Test reytingida  beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Pokiston milliy komandasi muntazam ravishda Champions Trophy va  Asian Cup da ishtirok etib keladi, Austral-Asia Cup va  Asian Test Championship musobaqalarida qatnashadi. Bu musobaqalarda bir necha bor zafar quchgan. Pokistonda kriket shunchaki sport turi emas. Kriket Pokistonda birlashtiruvchi kuchdir.

Kriket O‘zbekisitonda sportning yangi turi hisoblanadi. 2019 yilda O‘zbekistonda Kriket federatsiyaci davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi. Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekistonda kriket sport turini ommalashtirish va rivojlantirish, uning mavqeini har tomonlama oshirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat hisoblanadi. Yoshlarni mazkur sport turiga keng jalb etish uchun federatsiya tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Qashqadaryo, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlarida kriket jamoalari faoliyat olib boradi.

O‘zbekiston kriket federatsiyasi mamlakatimizda ushbu sport turini keng rivojlantirish uchun xalqaro hamkorlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratmoqda. 2021 yilning 21 sentyabr kuni O‘zbekiston kriket federatsiyasi va Pokiston kriket kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga muvofiq, Pokiston kriket kengashi tomonidan mazkur sport turi bo‘yicha O‘zbekistonda o‘quv-ta’lim ishlari amalga oshiriladi. Bunda asosan murabbiylar va kriketchilarning mahoratlarini oshirishi uchun o‘quv-mashg‘ulotlar olib boriladi. Shuningdek, O‘zbekiston kriket federatsiyasi va Pokiston kriket kengashi o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilingan va har ikki tashkilot o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish borasida ham kelishuvga erishilgan. Maxsus dasturga muvofiq, Pokiston kriket kengashi tomonidan O‘zbekistonga pokistonlik mutaxassislar yuboriladi va ular tomonidan bosqichma-bosqich hakamlik va murabbiylik kurslari, turli darajadagi amaliy va nazariy o‘quv-yig‘inlar o‘tkaziladi. Bundan tashqari, Pokistonning Laxor shahridagi Kriket milliy mahorat markazida turli yoshdagi jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etiladi.

Bugun Pokistonning Toshkentdagi elchixonasida O‘zbekiston kriket klubining Pokistondagi o‘quv yig‘iniga jo‘nab ketishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda nutq so‘zlagan Pokistonning O‘zbekistondagi Favqulotda va Muxtor elchisi  Ahmed Faruq  o‘zbek kriket klubining Lahordagi mashhur jamoada o‘tadigan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishi ikki tomonlama aloqalarning yanada mustahkamlanishiga hissa qo‘shishini ta’kidlab o‘tdi.

 

                      Sharofiddin To‘laganov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring