Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oq uy Tramp va Putin uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Oq uy Tramp va Putin uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Foto: «RIA Novosti»

Oq uy AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv oldidan dastlabki muzokaralarni o‘tkazmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Prezident ma’muriyatining nomi oshkor etilmagan vakilining so‘zlariga qaraganda, AQShning Moskvadagi elchisi Jon Xantsman hozir uchrashuvni tashkillashtirishda qatnashish maqsadida Vashingtonda bo‘lib turibdi. Tomonlar uchrashuv joyi va vaqtini hali aniqlaganlari yo‘q.

Xabarda aytilishicha, ikki davlat rahbarining rasmiy uchrashuvi elchi Xantsmanning amaldagi loyihasidir. Loyiha bir necha oy davom etishi mumkin.

Avvalroq Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov ikki davlat rahbari o‘rtasidagi uchrashuv haqida noyabrda bo‘lib o‘tadigan «katta yettilik» sammitigacha gap ham bo‘lishi mumkin emasligini aytgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring