Oqsoqollar saylovi oldidan maxsus seminar o‘tkazildi

Bugun, 16-yanvar kuni Toshkent shahar Chilonzor tuman hokimligi majlislar zalida Toshkent shahar mahallalar kengashi tashabbusi bilan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar tumanlar kengashlari xodimlari uchun “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini samarali tashkil etish va o‘tkazish yo‘llari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Bugungi kunda Toshkent shahrida 505 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, mavjud mahallalarning hammasida 2019-yil may oyida fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqoli) saylovi bo‘lib o‘tadi.
Shahrimizda yashayotgan fuqarolarimiz o‘zlarining huquq-burchlari va vakolatlarini qonun doirasida bilishi o‘z navbatida bilim va tajribali insonlarni fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) nomzodlariga to‘g‘ri tanlashga imkon beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter