Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘quvchilarning maktabga borib-kelishi uchun avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

O‘quvchilarning maktabga borib-kelishi uchun avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda 160 ta yangi bog‘cha qurilishi va ta’mirlanishi, 2 mingta xususiy bog‘cha tashkil qilinishini aytib o‘tdi.

«Biz kelgusi yetti yilda qo‘shimcha 100 ming yangi o‘quvchi o‘rni yaratamiz.

Bunda, 30 ta yangi maktab va 150 ta maktab uchun qo‘shimcha bino quriladi, 350 tasi ta’mirlanadi.

Ixtisoslashgan maktablar soni esa, 2 karra oshirilib, 32 taga yetkaziladi.

Natijada, Qoraqalpog‘istondagi maktablarda 30-35 nafardan ortiq bola o‘qiydigan sinflar umuman bo‘lmaydi.

Biz 1-4- sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berishni Qoraqalpog‘istondan boshlagan edik.

Endi, olis va chekka ovullardagi bolajonlarimizning maktabga borishi uchun avtobus qatnovini ham, birinchi bo‘lib shu zamindan boshlaymiz», — deb ta’kidladi nomzod.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring