Ortiqcha xarajat va kamaygan quvonch yoxud nima uchun xarid muammoning yechimi emas?

Qachon oxirgi marta chindan ham sizga kerak bo‘lmagan biror narsani sotib oldingiz? Balki u oxirgi modadagi kurtkadir yoki uyingizdagi uchinchi choynak, beshinchi sumka. O‘sha payt o‘zingizni yaxshiroq his qilgandirsiz. Lekin ortidan nima keldi? Yangi xariddan so‘nggi o‘sha to‘la-to‘kislik hissi qanchagacha yetdi? Ortiqcha narsalar – ortiqcha muammolar va ko‘rayapmizki moddiy boylik baxt olib kelmaydi, nima uchun?
So‘nggi yillarda ko‘plab insonlar hayotida shunday bir vaziyat yuz berayapti: hamma narsa yetarli, hatto ortiqcha – lekin qalbda qoniqish yo‘q. To‘lib ketgan garderob, narsalar bilan to‘lib-toshgan xona, lekin shunga qaramay yana biror narsani sotib olish istagi tinmaydi.
Bu maqola ayni shu haqda – ortiqcha narsalarni to‘plash tufayli hayotimiz qanday og‘irlashib borayotgani, baxt o‘rniga qarz va xaos kelayotgani haqida. Amerikalik yozuvchi Tammu Strobel ham bir paytlar xuddi shunday: moddiy jihatdan hamma narsasi bor, lekin baribir ko‘proq narsaga muhtojlik hissi bilan yashagan zamondoshimiz. Va u shu savolni o‘ziga berdi: «Men nima uchun hech qachon to‘liq qoniqmayman?»
Bu maqolada muallifning shaxsiy sinovlari, soddalik sari yuzlangan tanlovi va ortiqcha narsalarning aslida nimaga aylanishi – psixologik to‘siqqa, hatto baxtsizlikka aylanganini o‘rganamiz.
«Men hayotimni soddalashtira boshlaganimda, narsalarning psixologiyasini o‘rganishni boshladim. Hamma narsa yetarli bo‘lsa-da, ko‘proq narsalarni sotib olish istagimni tushunmoqchi edim. Qolaversa, ko‘proq narsaga ega bo‘lish ortidan quvish hayotimning o‘ziga xos xususiyatiga aylangan va bu menga yoqmasdi. Mening bu xatti-harakatlarim faqat qarzga, baxtsizlikka va keraksiz narsalarga to‘la uyga olib keldi. Keyin bilsam men yolg‘iz emas ekanman...
Men investitsiyalarni boshqarish sohasida ishlaganimda doimo o‘zimni hamkasblarim bilan taqqoslardim. Ularning katta uylari, chiroyli mashinalari va hashamatli do‘konlarda sotib olingan kiyimlariga havas qilardim va tabiiyki men ham shunday narsalarni xohlardim. Va bu istagim haddan tashqari xarid qilish va norozilikka olib keldi: «Taqqoslash – shodlik o‘g‘risi» degan gap juda to‘g‘ri ekanligini angladim.
Bizga bu yo‘lda reklama va marketing ta’sir qilishi mumkin. Ya’ni reklama men sotib olgan narsalar miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Marketologlar ham mening istaklarimni shakllantirdilar, idrok etilgan ehtiyojlarni yaratdilar va muallif Jan Kilburnning so‘zlariga ko‘ra, reklama mening fikrlash va his qilish tarzimni o‘zgartirdi. Reklama qanday ishlashini va uning ishonchli tabiatini tushunish menga ko‘proq narsalarni sotib olish tendensiyasiga qarshi turishga yordam berdi.
Yigirma yosh paytlarimda men ko‘p mol-mulk sotib olish mamnuniyat va baxtga olib keladi deb o‘ylardim. Men narsalar quvonchga yo‘l bo‘ladi deb o‘ylardim. Go‘yoki o‘zini o‘zi anglash uchun ko‘proq iste’mol qilish fikri mustahkamlandi. Biroq, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, moddiy to‘kinlik baxt va baxtli hayotga olib kelmaydi. Ko‘proq narsalarni sotib olish vaqtinchalik baxt keltiradi, ammo bu eyforiya uzoq muddat davom etmaydi.
Klivlend klinikasi mutaxassislarining fikriga ko‘ra, FOMO ya’ni o‘tkazib yuborish qo‘rquvi, boshqa odamlar zavqlanayotgani, yangi narsalarni boshdan kechirayotgani yoki sizdan ko‘ra yaxshiroq hayot kechirayotganini his qilish yoki idrok etishni anglatadi. FOMO biz televizorda, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rgan narsalarimiz, oilamiz va do‘stlarimiz erishayotgan narsalarni ifodalaydi. Tajribamga ko‘ra, FOMO yangi mulkka ega bo‘lish uchun noto‘g‘ri shoshilinch tuyg‘uni yaratadi, masalan, brend kiyim. Men zarurat tufayli narsalarni sotib olmadim, balki buning o‘rniga ortda qolishdan qo‘rqib, narsalarni ko‘r-ko‘rona sotib oldim.
Biz xarid qilish orqali tasalli izlashimiz mumkin. Men yoshligimda xarajat terapiyasi orqali qulaylikni ko‘rishga harakat qildim, ayniqsa, ish uchun yangi kiyimlarni sotib olish orqali. Tadqiqotlar esa shunday deydi: «Xarid terapiyasi – bu xaridorning kayfiyatini yaxshilash uchun xarid qilishdir. Bu odamlarning xarid qilishdan zavqlanishi – depressiya yoki stress davrlarida sodir bo‘ladi. Chakana terapiya davrida sotib olingan narsalar ba’zan «komfort sotib oladi» deb ataladi. «Ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish mening stressimni kamaytiradi. Biroq, narsalarni xarid qilish faqat bir lahzalik yengillik keltirdi. Bu uzoq muddatda ishlamadi.»
«Scientific American» jurnalida chop etilgan «Nega biz o‘z narsamizga shunchalik bog‘lanib qolganmiz?» nomli maqolada shunday fikrga duch keldim: «Ongli ravishda ko‘pchiligimiz o‘z mol-mulkimizni kengaytirilgan «menligimizning bir qismi» deb hisoblaymiz. Chuqurroq, undan ham kamroq ongli e’tiqod shundan iboratki, narsalarimiz aslida bizning mohiyatimiz bilan singib ketadi». Men psixolog emasman, lekin narsalarga qanday munosabatda bo‘lishim haqida hamma narsani o‘zgartirdim. Mening moddiy ne’matlarga bo‘lgan hissiy munosabatim sezilarli darajada o‘zgardi va quyidagi amaliyotlar yordam berdi. Ya’ni turmush o‘rtog‘im va men «Sening puling yoki sening hayoting» nomli dasturni bajaryapmiz. Dasturning bir qismi o‘z narsalarini inventarizatsiya qilishni o‘z ichiga oladi. Barcha narsalarimizni inventarizatsiya qilish uchun bizga biroz vaqt kerak bo‘ldi. Biroq, bu jarayon bizni hayotimizdagi barcha narsalar uchun minnatdorchilik hissini uyg‘otdi va narsalarning psixologiyasi, undan ko‘proq narsani xohlash bizga qanday ta’sir qilganini ko‘rishga imkon berdi. O‘zingizda mavjud bo‘lgan narsalarni qadrlash amaliyotini rivojlantirish sizga ko‘proq narsalarni xarid qilishdan qochishingizga yordam beradi va bu yo‘lda baxtni his qilishingiz mumkin!
Ko‘p narsani sotib olish ortidan moliyaviy ahvolim yomonlashishi umuman ahamiyat bermaydigan moddiy narsalarni xarid qilishni to‘xtatishga yordam berdi va bu mening stressimni kamaytirdi. Shuningdek, daromadimni o‘ylab sarflash kutilmagan quvonch manbai bo‘ldi. Shu kunlarda men o‘z sarf-xarajatlarimni, daromadlarimni elektron jadvalda va vizual tarzda kuzatishni yaxshi ko‘raman. Masalan, muallif Viki Robin sizning xarajatlaringiz va daromadlaringiz grafigini yaratishni tavsiya qiladi. Jadvallarni konsepsiyalash qiyin bo‘lishi mumkin, ammo raqamlar kattaroq tendensiyalarni tushunishni osonlashtiradi.
Endilikda men tez-tez xarid qilmayman. Biroq, men tajriba «sotib olish»ni yaxshi ko‘raman. Do‘stlarimni ziyorat qilish, sayohat orqali sarguzashtlar yoki yaqinlarim bilan restoranda ovqatlanish meni yangi kiyim yoki yangi gadjetlar sotib olishdan ko‘ra baxtliroq qiladi. «Iste’molchilarning yangi xalqaro so‘rovi shuni ko‘rsatdiki, mutlaq ko‘pchilik 76 foiz – pullarini mahsulot o‘rniga tajribaga sarflashni afzal ko‘rishadi», deydi jurnalist Mark Xaffman. Ko‘proq narsalarni sotib olishdan ko‘ra yangi tajribalarni: sayohat, tanishuvni birinchi o‘ringa qo‘yganingiz uchun tabriklar bo‘lsin!
Iste’mol madaniyatidan butunlay uzilib bo‘lmaydi, lekin men chegaralarni belgilab qo‘ydim. Misol uchun, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatmayman, qarz olmayman, moda tendensiyalarini kuzatishni to‘xtatdim va o‘zimning istaklarimni bilaman.
Yangi narsalarni sotib olishdan oldin, men uni «sotib olish ro‘yxati» ga qo‘shaman. Keyin xarid qilishdan oldin 30 kun kutaman. Bu menga o‘z ehtiyojlarimni baholash va shoshilinch xarid qilish o‘rniga nima uchun yangi narsalarni sotib olishni xohlayotganim haqidagi signallarni kuzatish uchun vaqt beradi. Mening ro‘yxatim va narsalarning psixologiyasini tushunish menga oqilona iste’mol qilish va pulni tejashga yordam berdi! Men hayotimni soddalashtirganim va narsalarning psixologiyasi haqida ko‘proq bilib olganim uchun qilgan eng yaxshi ishlarimdan biri bu kamroq iste’mol qilishdir.
Ko‘proq narsalarni sotib olish istagini jilovlash uchun qo‘llab-quvvatlash tizimini yarating. Buni do‘stlaringiz, oilangiz yoki onlayn hamjamiyatda qilishingiz mumkin . Misol uchun, mening qo‘llab-quvvatlash tizimim meni motivatsiya, javobgarlik va hayotimni sodda saqlash uchun ilhomlantiradi! Narsalarning psixologiyasi murakkab. Biroq, mavzuni o‘rganish va ko‘proq narsaga bo‘lgan xohishni cheklash strategiyalarini amalga oshirish sizga ongli iste’molchi bo‘lishga va oddiy va quvonchli hayot yaratishga yordam beradi.»
Barno Sultonova tayyorladi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter