Ko‘zi to‘q odamning yashash falsafasi yoxud mulkdan bosh tortish quvonchi...
Ortiqcha chang, tig‘iz joy, bu ko‘zga ko‘rinmas zulm emasmi? Chunki buyumlar vaqtimizni, e’tiborimizni va quvvatimizni yutadi. Har bir buyum hayotimizdagi bir bo‘lak vaqtni tortib oladi. Masalan ularni tozalash uchun sarflangan daqiqalar, bir kiyimni tanlash uchun ketkazilgan asab, gadjetlar uchun sarflangan soatlar. Va bizning hayotimizning qanchadan qanchasi buyumlar orasida “adashib” ketgan ekan-a?
Pul o‘z ahamiyatini yo‘qotgan kun – oddiylik haqida esse
«Xarid qil, ko‘proq iste’mol qil» deb baqiradi. Reklamalar, blogerlar, hatto do‘stlar, qarindoshlar ham, go‘yoki odamlar bir-birini havaslantirish, hasadlantirish yoki zamonaviy tilda aytganda motivatsiya berish uchun poyga o‘ynayotgandek: yangi gadjetlar, moda kiyimlar, restoranlar, ziyofat va gap-gashtaklar. Hayotning mana shu g‘ildiragida aylanmasangiz go‘yoki zamondan orqada qolib ketgansiz.
Ortiqcha xarajat va kamaygan quvonch yoxud nima uchun xarid muammoning yechimi emas?
Qachon oxirgi marta chindan ham sizga kerak bo‘lmagan biror narsani sotib oldingiz? Balki u oxirgi modadagi kurtkadir yoki uyingizdagi uchinchi choynak, beshinchi sumka. O‘sha payt o‘zingizni yaxshiroq his qilgandirsiz. Lekin ortidan nima keldi? Yangi xariddan so‘nggi o‘sha to‘la-to‘kislik hissi qanchagacha yetdi? Ortiqcha narsalar – ortiqcha muammolar va ko‘rayapmizki moddiy boylik baxt olib kelmaydi, nima uchun?
«Didro effekti» yoxud qizil xalat quliga aylangan faylasuf
Pul topish qiyin, ammo uni sarflash juda oson. Biz ortiqcha narsalarni sotib olish uchun ko‘p ishlaymiz. Keraksiz xarajatni yengish uchun esa «Didro effekti»ni tushunish kerak.
Ortiqcha narsalarni sotib olish uchun ko‘p ishlaymizmi? Yoxud yana Minimalizm haqida
Minimalizm faqat kerakli va quvonch keltiradigan narsadan foydalanish degani. Agar siz hayotingizni soddalashtirmoqchi bo‘lsangiz ko‘p narsadan voz keching.
Ozginayu sozgina yoxud ovqatlanishda Minimalizm
Bugungi «minimalizm» nafaqat san’atda, balki hamma narsada namoyon bo‘lmoqda: kiyim uslubi, turmush tarzi, uylarni bezatish... hatto ovqatlanishda.
Minimalizm, oddiylik yoki hashamatning qiymati
Uyingizdagi yillab ishlatilmayotgan buyumlardan voz kechish haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Umringiz davomida mashaqqat bilan topgan pulingizni mana shunday bir necha yillab ishlatilmaydigan buyumlar uchun sarflaganingiz haqidachi? Agar shunday bo‘lsa, demak siz keraksiz buyumlar uchun mehnat qilayotgan bo‘lib qolmayapsizmi?

